SCROLL

Menu

Uz

Qayta aloqa

+998
отправляется...

Ulanish

+998
отправляется...

Ulanish

+998
отправляется...

Получить консультацию

+998
отправляется...

Бесплатный тест

+998
отправляется...

Бесплатный тест

+998
отправляется...

ПИСЬМО РУКОВОДИТЕЛЬЮ

+998
отправляется...

Jonkuyar internet provayderi!

Uzilishlar va
turli bahonalardan
charchadingizmi?!

Bizning mijozlar, biz toʻgʻrimizda

Bizning mijozlar, biz toʻgʻrimizda

“Salom Telecom” internet provayderiga sifatli internet va koʻrsatilgan xizmatlari uchun tashakkur! Ular aloqachilar kunida menga kutilmagan sovgʻa qilishdi! Ustalar hali taʼmirni tugatmaslaridan, jonkuyar provayderdan kelgan yigitlar oʻz ishlarini vaqtida bajarib ulgurishdi; liniya tortishdi, tezlikni oʻlchashdt, hamma muammolarni hal qilib, maslahatlari bilan aloqada boʻlib turishdi. Internet risoladagiday ishlab turibdi, hammasi ajoyib! Tezlik ham huddi vaʼda qilinganiday! Xizmat koʻrsatish aʼlo darajada! Rostini aytsam, bunaqasini hali hech qayerda koʻrmagan edim. Har safar shaxsan Aleksandr Azamovning oʻzlari kelib, ishlar bitgunigacha shu yerda boʻldi. Unga va qolgan erinmasdan astoydil ter toʻkkan barcha yigitlarga alohida rahmat! Va albatta, Strelsov Sergey va Farsiyans Edgardan yuqori darajada xizmat koʻrsata olganlari uchun minnatdorman. Siz kabi oʻz ishining ustalari bilan ishlash juda yoqimli! Omad va ishlaringiz rivojini bersin!

Bizda oldinlari internet bilan jiddiy muammolar bor edi, tezlik pastligi yaqqol sezilar va bu jamoa ish unumdorligiga taʼsir etmasdan qolmasdi. Provayderni almashtirish qaroriga kelindi. Bozordagi mavjud barcha taʼminotchilarni oʻrganib chiqqach (mezonlar: Narx, tezlik, va xizmat sifati)tanlovimiz Salom Telecom da toʻxtadi. Bu kompaniya bilan tuzilgan uzoq muddatlik shartnomadan soʻng shuni qayd etish joizki, “Salom Telecom” oʻzini har qanday muammoni yecha olishga qodir ishonchli hamkor sifatida koʻrsata oldi. Natijada biz hamyonbop narxlarda yaxshigina tezlikka ega boʻldik, “Salom Telecom” ning malakali ishchilari esa oʻzlarini yaxshi tarafdan namoyish qilib, bizning istaklarimizdan kelib chiqqan holda amalga oshirilgan barcha ishlar sifatini tekshirib borishdi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, “M-ELECTRO” kompaniyasi va shaxsan oʻzim barchaga “Salom Telecom” internet-provayderini tavsiya qilaman.

Internet-provayderlar orasida kamdan-kam kuzatganim-bu mijozlarga boʻlgan gʻamxoʻrlikni barqaror holda saqlab qolish. “Salom Telecom” mijozlar koʻnglini topa bilish sanʼatini optimal darajada yoʻlga qoʻya olgan. Davomiy boʻlsin!

Bizning kompaniya anchadan beri Salom Telecom xizmatlaridan foydalanib keladi. Ajoyib provayder, mijozlarga moslashib muloqot oʻrnata oladigan, haqiqatdan ham doimo yordamga tayyor insonlardan tuzilgan jamoa. Sergey Strelsovni esa alohida koʻrsatib oʻtsa boʻladi – U mijozlarga nima kerakligini biladi va soʻzinig ustidan ham chiqa oladi : Sifatga kafolat beradi!!! Doʻstlar, muvaffaqqiyat yor boʻlsin!!!

Bizning ishonchli hamkorimiz- “SALOM TELECOM”ga mana bir necha yildirki koʻrsatib kelinayotgan yuksak xizmat koʻrsatish samaradorligi uchun minnatdorchilik bildiraman. Sifatli tezkor internet va malakali, layoqatli va maʼsuliyatli kishilardan tuzilgan kuchli jamoa ushbu internet-provayderning fazilatlarini oʻzida mujassam etgan. Bizning “LEGAL OUTSOURCING” advokatlik firmasida olib borgan ishlaringni “aʼlo”ga baholaymiz va uzoq muddatlik sermahsul hamkorlikni davom ettirish niyatidamiz.

Biz avvallari sifatsiz internetdan qanchalik jabr koʻrganimizni tasavvur ham eta olmaysiz. Bir qarasang tezlik vaʼda qilinganidan past, bir qarasang menejerlar qoʻpol, yana bir qarasang texnik xizmatlarni haftalab kutish kerak. Hammasi provayderni “Salom Telecom”ga oʻzgartirganimizda oʻzgarib ketdi! Ishonch bilan ayta olamizki, “Salom Telecom” eng jonkuyar va samimiy internet-provayder!

Bizning internet provayderlar bilan hamkorlik, doʻstlik va surishtiruv mojarolarimiz tarixi xilma-xil. Juda koʻpchiligimizda shunday boʻlsa kerak degan fikrdaman. Tafsilotlarga kirib oʻtirmaslik va “reklama” qilib qoʻymaslik uchun ularni aynan oʻz nomlari bilan atamoqchi emasman. Ammo, keyinroq biz oʻzimiz uchun istiqbolga ega “Salom Telecom” ni kashf etdik. Biz bir necha provayderlar bilan ishlab koʻrgach “Salom Telecom” kompaniyasini biz oʻzimizning “LIKE BAR” ga taklif qildik. Yaʼni, hech qanday ijobiy oʻzgarishlardan umid qilmasdan, shunchaki navbatdagi internet provayderiga ulandik. Avvalgi omadsizliklarimizga qarshi oʻlaroq, mana bir yildan oshiqroq muddat ichida bizlar muvaffaqqiyatli hamkorlik qilib kelayapmiz. Bizningcha, kompaniya muvaffaqqiyati sababi juda ham oddiy va yaqqol koʻzga tashlanib turadi! Ular sizni ahmoq qilishmaydi va sizga keraksiz narsani tiqishtirishga ham urinishmaydi! Siz vazifa berasiz, ular esa oʻz navbatida uni bajarishadi! Muddat bizning ishda eng muhimi, kuzatuvlarimizga qaraganda bu ular uchun ham juda muhim ekan!

Joriy topshiriqlarni tezkor yechish, yangiliklardan boxabar boʻlib turish va doim aloqada qolish uchun yaxshi internet kerak boʻladi. Internet bilan bogʻliq muammolar mehnat muvozanatidan chiqarib sezilarli qiyinchiliklarga sabab boʻladi. Biroq Unique Present Media Holding kompaniyasi allaqachon bunday toʻsiqlarga duch kelmay qoʻygan. “Salom Telecom”ga ishonchli va tezkor internet, ajoyib servis va barqarorlik uchun rahmat aytamiz.

“SALOM TELECOM” Internet-provayderi - “ALEX ITS” MCHJ ning yuqori malakali hamkori. Biz oʻz biznesimizning asosiy jihatlaridan biri boʻlgan sifatli tezkor internetni yuksak qadrlaymiz. Bizning bu kompaniya bilan hamkorligimiz 2015-yil, “SALOM TELECOM” ochilgan sanadan boshlangan. Hamkorligimiz mobaynida, “Salom Telecom” xizmatlarini birinchi oʻrinda sifatli va tezkor internet kanal, qolaversa, tezkor va malakali texnik xizmatni qadrlovchi koʻplab mijozlarimizga tavsiya etdik. Oʻz navbatida “SALOM TELECOM” rahbariyati tomonidan bizning tavsiyamiz bilan, individual holda murojaat qilgan har bir isteʼmolchi uchun hamkorlikning oʻziga xos jihatlari taklif etildi. Bu esa “SALOM TELECOM” eng jonkuyar internet provayderi boʻlib turganini tasdiqlay oladi!!!

Ajoyib, ajoyib va yana bir martaba ajoyib. “Salom Telecom” mutaxassislarini taʼriflash uchun menda boshqa soʻzning oʻzi yoʻq. Endi men oʻzining ishi shunchaki qandaydir raqamni ofisda oʻtirib ulab qoʻyib, evaziga pul talab qiladigan provayderlardan boshqachalari ham boʻlishi mumkinligini aniq bilaman. Endi men internet-aloqa taʼminoti bilan yuzaga keladigan muammolarni hal qilishga shay kompaniya borligini bilaman. Umuman olganda, Yuzga-yuz tavsiya qilaman. Sergey Strelsov , biz sizdan minnatdormiz. Kompaniya ishlarini bu qadar yoʻlga qoʻya olish-haqiqiy mahorat. Yana bir bor tasanno!

Bepul sinov

Bizga murojaat qilgach Siz bizning xizmatlarimiz sifatini uch ish kuni davomida MUTLOQO BEPUL tekshirib koʻrishingiz mumkin.

Shaxsiy servis-menejeri

Hamkorligimiz davrida sizga maxsus servis-menejeri xizmat koʻrsatadi. Bu sizga har qanday muammoni bitta xodim orqali bartaraf etish imkonini beradi.

Tarmoqni bepul tekshirish

Tizimga ulanganingizda mutaxassislarimiz Sizning tarmogʻingizni bepul tekshirib beradi va hamma nosozliklarga qarshi chora koʻrishadi.

Bepul Wi-Fi router

Xizmatlarimizdan foydalana boshlaganingizda, toʻliq shartnoma muddati uchun sizga Wi-Fi router bepul taqdim etiladi.

Kafolatlangan tezlik

Siz tanlangan tarif reja boʻyicha kafolatli tezlikka ega boʻlasiz. Hech qanday. Hech qanday “Lekin”larsiz.

Bizni tanlab, siz quyidagilarga ega boʻlasiz:

Bepul sinov

Bepul Wi-Fi router

Tarmoqni bepul tekshirish

Kafolatlangan tezlik

Shaxsiy servis-menejeri

Bosh direktor

Kompaniya prinsiplari(tamoyillari):

Brendning asosiy prinsipi –  koʻrsatilinayotgan xizmatlar qulayligi va ishonchliligi, mijozlarga nisbatan toʻgʻrilik va doimo yordamga shay turish.

Rahbardan

Kompaniyaning asosiy maqsadi nafaqat yuqori darajadagi internet bilan taʼminlash, balki yuqori sifatli xizmat koʻrsatish hamdir. Biz internet xizmatlaridan foydalanishda halal berishi mumkin boʻlgan  hatto  mahhalliy muammolar yechimida  ham  mijozlarga qisqa futsatda yordam koʻrsatishga tayyormiz.
Biz oʻzaro munosabatning har bir bosqichida xizmat sifatini yuqori koʻrsatkichda ushlab turamiz va bizni mijozlarga yaqinlashtirishda, ularni yaxshiroq tushunish hamda xizmatlarimiz sifatini oshirishda katta ahamiyatga ega boʻlgan  doimiy aloqani qoʻllab-quvvatlaymiz.

Biz haqimizda maʼlumotlar

Biz haqimizda maʼlumotlar

5

yil mobaynida bozorda

70%

tavsiyalari boʻyicha keluvchi hamkorlar

400+

Korporativ mijozlar

Nima uchun biz?

Nima uchun biz?

ИIndividual
yondoshuv

Har bir bosqichda
sifat nazorati

Texnik
yordam 24/7

Tezkor
muloqotga kirishish

Получить прайс

отправляется...

Tarif rejalari

Tarif rejalari

Mos tarif topilmadimi?
“Tarif konstruktori” xizmatidan foydalanib, oʻzingizga kerak tarifni yasang

Savol bermoqchimisiz ?

Kontaktlar

Kontakt maʼlumotlari

Toshkent shahri, Yashnobod tumani, ko'ch. Elbek, 146