SCROLL

Menu

Uz

Qayta aloqa

+998
отправляется...

Ulanish

+998
отправляется...

Получить консультацию

+998
отправляется...

ПИСЬМО РУКОВОДИТЕЛЬЮ

+998
отправляется...

FAQ

Часто задаваемые вопросы

NEGA INTERNATGA ULANISH TEZLIGI KOʻRSATILINGANIGA TOʻGʻRI KELMAYDI?

Sabablar bir nechta boʻlishi mumkin: 1. Shaxsiy abonent tarmogʻi uskunalarida virusli yoki zararli boshqa dasturlar mavjudligi. 2.Siz nimadir tomosha qilmoqchi yoki yuklab olmoqchi boʻlgan sayt/manbada maksimal zoʻriqish hosil boʻlgan; Masalan, Youtube.com saytiga kirgan juda koʻplab isteʼmolchilarning har biri uchun sayt yuqori sifatli video koʻrish imkoniyatini taʼminlay olmasligi mumkin. 3. Kuchsiz WI-FI signal. WI-FI signali tarqatayotgan uskunaga nisbatan boʻlgan masofa oʻz navbatida signal sifatiga taʼsir koʻrsatadi. Uskuna toʻlqin manbasidan qancha uzoqda boʻlsa, signal sifati shuncha kuchsiz boʻladi. 4. Wi-Fi router ishidagi nosozlik; Apparat yoki dasturdagi nosozlik provayder ajratayotgan kanaldan toʻlaqonli foydalanish imkonini bermayotgan boʻlishi ham mumkin. 5. Boshqa foydalanuqchilar/dasturlar sizning internet kanaldan foydalanayapti; Sizning routerga bir nechta isteʼmolchi ulanishi mumkin, va ularning hammasi internet kanaldagi zoʻriqishga taʼsir qiladi. Bundan tashqari, kompyuter dasturiy taʼminotidagi ayrim ilova va komponentlar, foydalanuvchi xabarisiz, yashirin ravishda kanal tezligini sekinlashtirish mumkin. 6. Internet aloqa sifatiga Wi-Fi router joylashgan hududdagi boshqa Wi-Fi manbalaridan kelayotgan toʻlqinlar, yoki toʻlqinlar vositasida ishlaydigan boshqa qurilmalar (mikrotoʻlqinli pech, radiotelfonlar va 2.4 GHz toʻlqinda ishlovchi har qanday qurilma) va ular natijasida radiotarmoqda hosil boʻlgan shovqinlar ham taʼsir qiladi. 7. Telefon liniyasi sifatining yomonlashishi. xDSL texnologiyasi yordamida ulanilganda, abonentning telefon liniyasi sifati oʻtkazuvchanlik qobiliyati va natijada internet kanalning faoliyatiga bevosita taʼsir koʻrsatadi.

Internet tezligini qanday tekshirish mumkin?

Ulanish tezligini tekshirish uchun brauzer darchasida www.speedtest.net deb yozish va sahifa toʻliq yuklangach “GO” tugmasi bosilishi kerak. Manba sizga qabul qilish va keyin esa joʻnatish (Download / Upload) tezliklarini chiqarib beradi. Cheklangan trafikli tariflar abonentlari tekshiruvning ushbu usuli 20 megabaytgacha trafik sarfini talab qilishini inobatga olib qoʻyishlari lozim. Yana shuni tavsiya qilamizki, tekshiruv paytida tarmoqda mutloqo yuklanish boʻlmayotganiga va tarmoqdan sizdan boshqa isteʼmolchilar ham foydalanmayotganiga ishonch hosil qiling. Aks holda, tekshiruv natijasi notoʻgʻri boʻlib chiqishi mumkin. Shu sababdan, modem/routerga tezlik oʻlchanayotgan jihozdan boshqa hech qanday uskuna ulanmaganini tekshirib oling.

PROVAYDER XIZMAT KOʻRSATISH HUDUDLARINI QANDAY ANIQLASH MUMKIN?

Xizmat koʻrsatilinayotgan hududlarni aniqlash uchun bizning saytimizda soʻrov qoldiring yoki 71 202 88 00 raqamlari orqali menejerlarimiz bilan bogʻlanib oʻzingizni qiziqtirgan masalaga oydinlik kiritib oling.

MUTAXASSIS TASHRIFI QANCHAGA TUSHADI?

Texnik mutaxassis tashrifi mutloqo bepul amalga oshiriladi, bundan faqat internet xizmati koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmagan holatlar mustasno. Internet xizmati koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmagan hollardagi mutaxassis tashrifi boshqa xizmatlar koʻrsatish uchun joriy etilgan narxlar(Prays-listlar) yordamida amalga oshiriladi.

ULANISH NECHA KUNGA CHOʻZILADI?

ADSL va FTTB xizmat koʻrsatish shartnomasi imzolangan kundan eʼtiboran, 3 dan 10 gacha ish kuni talab qiladi.

SIZ OʻZ MIJOZLARINGIZGA WI-FI MODEM TAQDIM ETASIZMI?

Ha, biz oʻz isteʼmolchilarimizga har bir ulanish nuqtasiga bittadan, toʻliq hamkorlik muddati uchun Wi-Fi modemlar taqdim etamiz,.

Savol bering

+998
Yuborilmoqda...

Savol bermoqchimisiz ?

Kontaktlar

Kontakt maʼlumotlari

Toshkent shahri, Yashnobod tumani, ko'ch. Elbek, 146